«Milan» braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

"Krotone" yarim himoyachisi Junior Messias "Milan" a'zosiga aylandi. Bu haqda "rossoneri" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Milanliklar braziliyalik futbolchini bir yilga ijaraga olishdi. Jamoa ijara haqi sifatida 2,6 million evro to'laydigan bo'ldi. 2022 yilning yozida "Milan" uning transfer huquqini sotib olish huquqiga ega bo'ldi.
30 yoshli Messias 2019 yildan buyon "Krotone" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Shu paytgacha 73ta o'yinda maydonga tushib, 15 gol va 12 assist muallifiga aylandi. Avvalroq u "Kasale", "Keri" va "Gotstsano" klublarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231