«Barselona» Xitoy klubidan hujumchi xarid qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

"Barselona" yozgi transfer oynasining so'nggi kunida hujumchi sotib olishga harakat qilmoqda. "Ko'k-anorranglilar" o'z e'tiborlarini Xitoyning "Beytszin Goan" klubi hujumchisi Sedrik Bakambuga qaratishdi.
Afrikalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2021 yilning dekabr oyida yakunlanishini inobatga olganda, kataloniyaliklar uni arzon narxga sotib olishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Bakambu 2018 yilda "Vilyarreal"dan "Beytszin Goan"ga ko'chib o'tgandi. U Xitoy chempionatining joriy mavsumida 13ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171