«Barselona» futbolchilari rahbariyatga yordam berishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

«Barselona» futbolchilari Serxio Buskets va Xordi Alba klub fondiga yordam berish maqsadida maoshlarini qisqartirishga rozi bo'lishdi.
Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, buning evaziga kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilib, hujumchi Serxio Agueroni La Liganing joriy mavsumi uchun ro'yxatdan o'tkaziishlari mumkin bo'ladi.
Avvalroq, himoyachi Jerar Pike ham shu yo'ldan borgan edi. E'tiborlisi, uchala futbolchilar ham jamoa sardorlari hisoblanishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171