«Zenit» etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

«Zenit» hujumchi Artyom Dzyuba bilan yangi shartnoma imzolash niyatida, deb xabar beradi rus matbuoti.
Dzyuba bilan amaldagi shartnoma «2+1» ko'rinishida tuzilgan. Agar hujumchi o'yinlarda sermahsullik ko'rsatsa, unda shartnomaning avtomatik tarzda yangilanishi haqida band mavjud.
Manbaga ko'ra, «Zenit» hozirda jamoa kelajagini Dzyuba bilan ko'rmoqda.
Artyomning o'zi ham, shuningdek, piterliklar bosh murabbiyi Sergey Semak ham shartnomani uzaytirish niyatida bo'lib turishibdi.
Eslatib o'tamiz, Dzyuba 2015 yildan buyon «Zenit»da o'ynab keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313