Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi faoliyatini Moskva klubida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov «Spartak»ni boshqarishi mumkin, deb xabar beradi Sport24.
Manbaga ko'ra, Moskva klubi rossiyalik murabbiy bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.
Qayd etilishicha, murabbiy butun murabbiylar shtabi uchun yiliga ikki million evro maosh so'ragan.
Avvalroq, «Spartak» ning amaldagi bosh murabbiyi Rui Vitoriya, agar klub rahbariyati unga o'rinbosar topsa, terma jamoalardagi tanaffus vaqtida o'z lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Bu lavozimga nomzodlar ro'yxatida «Roma» ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka ham bor edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207