Yaponiya terma jamoasi a'zosi «Arsenal»ga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Londonning «Arsenal» klubi «Bolonya» bilan yaponiyalik himoyachi Takexiro Tomiyasu transferi borasida kelishib oldi.
Unga ko'ra ushbu transfer summasi 23 million evroni tashkil qilishi belgilandi. Endi Yaponiya terma jamoasi futbolchisi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak bo'ladi.
Shuningdek, yaqinda futbolchi va londonliklar shaxsiy shartnoma borasida muzokara o'tkazib oladilar. Avvalroq, Tomiyasuga «Tottenxem» qiziqish bildirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206