Xenderson klub bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jordan Xenderson mersisaydliklar bilan yangi shartnoma imzoladi.
Bu haqda «qizillar» rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. Yangi shartnoma to'rt yilga - 2025 yil iyungacha amal qiladi.
«Nihoyat, buni uddalaganimiz juda yaxshi bo'ldi. Bu erda bo'lganimda ko'p narsani o'rgandim va o'sdim va buning uchun ko'p odamlarga minnatdorchilik bildirishim kerak.
Men «Liverpul»da o'ynagan har bir daqiqani qadrlayman. Ayrim damlar qiyin kechgan bo'lsa ham, men klubda bo'lganimdan baxtliman.
Klubda bundanda uzoqroq muddat qolish niyatim bor. O'ylaymanki, Klopp boshlab qo'ygan reja hali ko'p bor muxlislarni manzur qiladi», - deydi Xenderson klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311