Kanoechilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida baydarka va kanoeda eshkak bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. Unda 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur musobaqada 6 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qildi. Quvonarlisi, jahon chempionati g'olib va sovrindorlari, Olimpiada ishtirokchilari orasida kechgan qiziqarli poygalarda sportchilarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldilar.
Artur Guliev 650 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marra chizig'iga birinchi bo'lib etib keldi. Nilufar Zokirova hamda Elyor Mamadaliev juftligi esa bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312