Angliya terma jamoasi muhim futbolchisidan ayrildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260

«Everton» klubi futbolchisi Dominik Kalvert-Lvin jarohati sabab Angliya terma jamoasi safidan tushib qoldi. Futbolchi anchadan beri sog'lig'idagi muammolar bilan kurashgan.
U «Brayton»ga qarshi bahsda son qismidan qattiq jarohat olgan edi. Shuningdek, uning oyoq barmoqlari singan.
Futbolchi endi sentyabr oyida ikkita jarohatini ham tuzatishga harakat qiladi. Kalvert Rafa Benitez jamoasining eng muhim futbolchisi. U bu mavsumda uchala o'yinda ham gol urishga erishgan. «Everton»dan hozirda faqat Jordan Pikfordgina Angliya MTJ yig'iniga yo'l olgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308