«Liverpul» sport direktori klubni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

«Liverpul» sport direktori, Maykl Edvards katta ehtimol bilan mavsum oxirida jamoani tark etadi.
Qayd etilishicha, Edvards o'z kuchini boshqa muhitda sinab ko'rish istagini bildirgan. Uning uzoq yillik yordamchisi Julian Uord bu lavozimda uning davomchisi bo'lishi kutilmoqda.
Shuni qo'shimcha qilish mumkinki, Edvards davrida «Liverpul» Muhammad Saloh, Virjil van Deyk, Alisson, Sadio Mane, Roberto Firmino va boshqa asosiy futbolchilarni xarid qilgan edi.
Shuningdek, u bir vaqtning o'zida Filippe Koutinoni «Barselona»ga 100 million evrodan ko'proq summaga sotishga muvaffaq bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183