«Yuventus» gollandiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Turinning «Yuventus» klubi «PSV» yarimhimoyachisi Muhammad Ixattarenga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi jurnalist Alfredo Pedulla o'z sahifasida.
Manbaga ko'ra, Italiya klubi futbolchini yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin sotib olmoqchi. Uning transfer summasi 5-6 million evroni tashkil qilishi mumkin.
19 yoshli Ixattaeren «PSV» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jami 74 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337