Rasman! Jeyms «Manchester Yunayted»ni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391

Uelslik vinger Deniel Jeyms «Manchester Yunayted»ni tark etdi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, «Lids Yunayted» futbolchi uchun 28 million evro to'laydi va shartnomada bonusli bandlar ham bor.
Futbolchi «Lids» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi va ertaga tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Jeyms Premer-ligada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334