«Arsenal» afsonasi Uilsher haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Sobiq «Arsenal» futbolchisi Maykl Tomas Jek Uilsher jamoaga qaytishi kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha hozirgi klub yarimhimoyasidagi o'yinchilardan Uilsher yaxshiroq imkoniyatlarga ega. U bu haqda shunday deydi:
«Jek Arsenal tarkibida ajoyib o'yinlari bilan yuqori potentsialga ega edi. U dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'la olardi. Uning jarohatlari asosiy tarkibdan tushib qolishi uchun katta sababga aylandi. Keyin esa jahon futboli darajasiga chiqishiga to'sqinlik qildi. Bu hayratlanarli, albatta. Lekin Uilsher hozirgi jamoa futbolchilaridan yaxshiroq. U yana o'z klubiga qaytishi kerak».
Uilsher 2018 yilda Unai Emeri kelishi bilan klubni tark etgan edi. Hozirda 29 yoshli futbolchi erkin agent hisoblanadi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
187