«Biz xoinlarni unutmaymiz. Milanga qaytganingda ehtiyot bo'l»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

«Milan» muxlislari «PSJ»ga o'tgan sobiq darvozabon Janluidji Donnarummaga tahdid qilishdi, deb xabar beradi Football Italia.
Italiya chempionatining 2-turidan o'rin olgan «Kalyari» bilan o'yindan oldin (4:1), italyan klubi muxlislari Donnarumma nomiga yozilgan bannerlarni osib qo'yishdi.
Bir yozuvda: «Biz xoinlarni unutmaymiz. Milanga qaytganingda ehtiyot bo'l», ikkinchisida - "Donnarumma, noshukursan", izohlarini ko'rish mumkin edi.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli Donnarumma «Milan» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va «PSJ»ga erkin agent sifatida o'tgan.
U klub bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170