O'zbekistonlik hakamlar xalqaro uchrashuvlarni boshqarib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Jahon chempionati saralashining 3-bosqich «B» guruhidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni — Vetnam uchrashuvida o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Ilgiz Tantashev o'yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynulin yordam beradi.
Shuningdek, ushbu guruhdagi Avstraliya — Xitoy bahsida VAR texnikasi uchun mas'ullik Jahongir Saidovga ishonib topshirildi.
Bundan tashqari, Qirg'iziston — Falastin o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yinini Ahror Risqullaev boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Sanjar Shoyusupov ko'maklashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185