Suares noma'lum muddatga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

«Atletiko» hujumchisi noma'lum muddatga safdan chiqdi.
Urugvaylik markaziy hujumchi Luis Suares La Liganing kechagi «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvida (2:2) jarohat oldi va 70-daqiqada almashtirildi.
«Matraschilar» matbuot xizmati xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi sonining orqa qismini jarohatlagan. Yaqin vaqt ichida Luis tibbiy ko'rikdan o'tadi, uning natijalariga ko'ra jarohatning qandayligi aniqlanadi.
Ma'lumot uchun, Ispaniya chempionatining 2021/2022 yilgi mavsumida Suares uchta uchrashuvda qatnashdi va bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310