Nurxon Qurbonova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari bronza medal sohibi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

Yaponiyadan xushxabarlar kelishi davom etadi. Biroz avval para engil atletikaning F54 klassida ayollar o'rtasida yadro uloqtirish bo'yicha final bahslari o'z nihoyasiga etdi.
E'tiborlisi, bu yo'nalishda bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 7.77 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo'ldi.
Ta'kidlash kerakki, bu natija yadro uloqtirish bo'yicha Nurxonning o'z shaxsiy rekordi hisoblanadi.
Ushbu natijadan so'ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 14 taga etdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192