"Lids" APL grantidan futbolchi sotib olish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Lids" klubi "MYu" futbolchisi Daniel Jeyms transferiga qiziqish bildirmoqda. "Athletic" nashrining xabar berishicha, Marselo Bielsa uelslik vingerning katta muxlisi sanaladi.
Mutaxassis uzoq yillardan buyon uning o'yinlarini kuzatib kelmoqda. "Qizil iblislar" Krishtianu Ronaldu xarididan keyin Jeymsni sotib yuborishga harakat qiladi. Futbolchi 2019 yilda "Old Trafford"ga "Svonsi"dan keltirilgan edi.
U hozirgacha jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 70 marta maydonga tushirilgan. "MYu" futbolchisi narxini 20 million funt atrofida baholaydi. Shu sabab "Lids" Jemysni hozircha ijaraga olib qo'ya qolmoqchi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196