Tokio-2020. Boburjon Omonov O'zbekistonga beshinchi oltin medalni taqdim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Tokio paralimpiadasining navbatdagi kuni O'zbekiston delegatsiyasi uchun oltin medal bilan boshlandi.
Hozirgina para engil atletikaning erkaklar o'rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o'z nihoyasiga etdi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo'ldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi.
Ta'kidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo'lib o'tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o'rnatgan edi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga etdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197