Boks. O'smirlarimiz Osiyo chempionatida ajoyib natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Dubay shahrida boks bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun, 29 avgust kuni musobaqa doirasida o'smirlar o'rtasida final bahslari tashkil etildi. Quvonarlisi, chempionatning o'smirlar o'rtasidagi janglari yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi bo'lishdi.
Yigitlarimiz musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliev
-63 kg: Lazizbek To'lqinov
-66 kg: Fazliddin Erkinboev
-70 kg: Shavkatjon Boltaev
-81 kg: Sardorbek Tursunov
Kumush:
-52 kg: Abdulloh Madaminov
-54 kg: Mironshox Norqosimov
-57 kg: Dalerjon Bozorov
-75 kg: Mizrob Nekboev
Bronza:
-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboev
Ikkinchi o'rinni qozog'istonlik bokschilar band etishgan bo'lsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi. Yana bitta oltin medalni esa Eron vakili qo'lga kiritdi.

Bosh sahifaga
334