Superliga. «Navbahor» so'nggi daqiqalardagi gol evaziga «Nasaf»ni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

O'zbekiston Superligasining 16-turida «Nasaf» 29 avgust, yakshanba kuni «Navbahor»ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lim yarmidan o'tganda qarshiliklar yarim himoyachi Oybek Bozorov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan raqibini to'xtatib qoldi va to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.
83-daqiqada Kosta Guttiner uzoq masofadan kuchli zarba yo'llab, «Navbahor»ga uch ochko keltirgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, ushbu g'alabadan keyin Viktor Jalilov jamoasi 23 ochko bilan 7-o'ringa ko'tarildi, «Nasaf» esa (24) 6-pog'onada qolmoqda.
Superliga, 16-tur
29 avgust, yakshanba
«Nasaf» — «Navbahor» - 0:1
Gol: 0:1 – 83 Kosta Guttiner.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (Bahrom Abdurahimov, 89), 7. Doniyor Narzullaev (99. Andriya Kaluderovich, 67), 8. Dilshod Saitov, 19. Husayn Norchaev, 22. Akmal Mozgovoy (Suhrob Nurulloev, 89), 34. Sherzod Nasrullaev, 70. Abubakr Rizo Turdaliev (88. Marko Stanoevich, 67), 77. Oybek Bozorov, 92. Umar Eshmurodov
«Navbahor»: 1. O'tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 8. Sardor Telyakov (28. Ilhom Alijonov, 90+1), 9. Ivan Solovyov, 10. Quvondiq Ro'ziev (14. Kosta Guttiner, 67), 17. Ehsoni Panshanbe (70. Abbosjon G'ulomov, 90+2), 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban, 24. Davron Hoshimov, 88. Boyan Naydenov, 95. Zabihillo O'rinboev (20. Ibrohim G'anixonov, 67).
Ogohlantirishlar: Hoshimov (47), Telyakov (51), Siger (80), Mozgovoy (81).
Chetlatish: Oybek Bozorov, 72 («Nasaf»).

Bosh sahifaga
211