Tokio-2020. Sharif Xalilov – ikki karra Paralimpiya o'yinlari sovrindori!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Para dzyudo bo'yicha erkaklar o'rtasida -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharif Xalilov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarining bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi tatamiga chiqdi.
Bellashuvning 8-soniyasida raqib "vazari" ishlashga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, jang tugashiga bir soniya qolganida hamyurtimiz "vazari" orqali hisobni tenglashtirdi.
“Oltin ochkolar”da esa Xalilov yana bir "vazari" ishladi va uning umumiy natijasi "ippon"ga aylandi. Natijada Sharif bronza medalga sazovor bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Sharif Xalilov 2012 yil Londonda bo'lib o'tgan Paralimpiya o'yinlarida kumush medalga sazovor bo'lgan edi.
Ushbu g'alabadan so'ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 12 taga etdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Bosh sahifaga
217