Runi Ronalduning «Manchester Yunayted»ga qaytgani haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

"Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi, ayni paytda "Derbi Kaunti"da murabbiy sifatida ishlayotgan Ueyn Runi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning "qizil iblislar" safiga qaytgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Muxlislar Krishtianuni "Old Trafford"da ko'rishdan juda xursand bo'lishadi. Bu klubda hamma uchun ajoyib.
Uning kelishi jamoadoshlarini, yosh yigitlarni ham xursand qiladi. Meyson Grinvud va Markus Reshford uning o'yinlarini tomosha qilib o'sgan. U ularga ko'p yordam beradi, klubga to'g'ri psixologiyani olib keladi. Ronaldu hali ham dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Menimcha, bu juda yaxshi transfer», – deb Runining so'zlarini keltiradi TalkSPORT.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205