"MYu" posboni koronavirusdan to'liq tuzaldi va mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"MYu" darvozaboni Din Henderson koronavirusdan tuzalib, to'liq mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida bayonot berildi. Darvozabon iyul oyi o'rtalarida virus sabab izolatsiyaga olingan edi.
Shuningdek, u jarohati tufayli Evropa chempionatini ham o'tkazib yuborgan. 24 yoshli posbon APLning ikkita uchrashuvida qaydnomaga kiritilmagan.
U maydonga qaytsa ham sentyabr oyidagi xalqaro tanaffusgacha bahslarda foydalanilmaydi. Uning yo'qligi ikkinchi darvozabon sifatida Tom Hitonni olib kelinishiga sabab bo'lgan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357