Feruz Sayidov – Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari chempioni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Bundan biroz avval para dzyudo bahslarida erkaklar o'rtasida -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov finalda qo'shni qozog'istonlik Temirjan Dauletga qarshi o'z bahsini yakunladi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan kurashda Sayidov ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g'alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Feruz Sayidov Rio-2016 yozgi Paralimpiya o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Ushbu natijadan so'ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 9 taga etdi: 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza.
Manba: t.me/ParalympicuzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252