Uch nafar para-dzyudochimiz finalda, biri bronza medali uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Para-dzyudochilarimiz “Nippon Budakan” arenasida kunning eng yaxshi jamoasi bo'lmoqda. Bugun kurashni boshlagan 4 nafar vakilimizdan 3 tasi finalga yo'l oldi.
Vakillarimizdan Feruz Saidov (-73 kg), Dovurxon Karamatov (-81 kg) va Parvina Samandarova (-57 kg) yarim final bahsini muvaffaqiyatli o'tkazishgan bo'lsa, -63 kg vaznda kurashayotgan Nafisa Sheripboeva bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi. Kechki dasturda vakillarimizning raqibi quyidagicha:
Final:
-73 kg: Feruz Saidov – Temirjan Daulet (Qozog'iston)
-81 kg: Dovurxon Karamatov – Huseyn Rahimli (Ozarbayjon)
-57 kg: Parvina Samandarova – Cevda Valieva (Ozarbayjon)
Bronza medali uchun:
-63 kg: Nafisa Sheripboeva – Marta Arsa (Ispaniya)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194