So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ular ketmoqchi edi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272
Yoz tugamoqda... Bu shuni anglatadiki, transferda oynasi ham tez orada yakuniga etadi. Bunda biz bir-biridan shov-shuvli va qiziq ko'chishlarga guvohi bo'ldik. Eng kattasi esa hali oldinda ko'rinadi. Hatto, Ronaldu ham o'z klubini tark etib ulgurdi. Uning keyingi manzili Angliya ekanligi aytilgan. Ammo qaysi klubgaligi hozircha aniq emas. Mayli, hozir gap mutlaqo boshqa narsa haqida ketadi. Moziyga nazar solar ekanmiz, kuchli va barchaning e'tiborida bo'lgan futbolchilar doimo haridorgir bo'lganiga guvoh bo'lamiz. Shunday o'yinchilardan biri zamonamizda ham bor va u Harri Keyndir. U ketishni istadi, ammo olib qolindi. Qanday qilib bunga erishilganini siz yaxshi bilasiz.
1. Harri Keyn
«Tottenxem» rahbari Daniel Levi «Man Siti»ning shuncha urunishlariga qaramay, Keynni jamoada olib qoldi. Uning yana bir mavsumi Londonda o'tadigan bo'ldi. Keynning o'zi esa boshqa jamoaga ketishni istaganini ochiq aytgandi. Ammo uning istagi inobatga olinmadi. Shundan so'ng futbolchi Twitter`da bu haqda yozdi: «Klub muxlislarini qo'llashini his qilish yoqimli. Men bir necha haftadan buyon ko'plab shunday xabarlar qabul qildim. Men «Tottenxem»da qolaman. Endi to'liq e'tiborimda sovrinlarga erishish bo'ladi».
Keyn tarixdagi bu ahvolga tushgan birinchi futbolchi emas. Yana bir nechta mana shunday istaklari rad etilgan futbolchilar mavjud. Ularni esa quyida bilib olasiz.
2. Patrik Vieyra
2000-2001 yilgi mavsum so'ngida «Arsenal» afsonasi Viera klubni tark etish istagida ekanini bildiradi. U jamoani tark etib, «Real»ga, ularning Galaktikosiga qo'shilishni istar edi. U o'sha payt shunday xabar yozgan edi: «Hammasini o'zim uchun hal qildim. Men «Arsenal»ni tark etaman». Shunday bo'lsa ham kanonirlar uni jamoada olib qolishni uddasidan chiqadi. Viera 2005 yilgacha klubning oltin davrida birga bo'ldi. Keyin esa «Yuventus» tomon yo'l oldi.
3. Stiven Jerrard
Balki bu APL tarixida amalga oshmay qolgan eng mashhur transferlardan biridir...
«Liverpul» afsonasi Jerrard ma'lum vaqt jamoasining o'yin uslubidan norozi kayfiyatda yuradi. Shu sabab, klubni tark etishgacha borishi mumkin edi. Unga «Chelsi»dan 32 million funtlik taklif kelib tushganida, futbolchining o'z jamoasiga sodiqligi sinovdan o'tkaziladi. O'sha payt, Jerrard «Stenford Brij»ga borganida, «aristokratlar» muxlislari uni qarsaklar chalib, Londonga o'tishga undashgan edi. Shunga qaramay, Jerrard «Enfild»da qoldi va faoliyatini shu erda yakunladi.
4. Ueyn Runi
Ueyn 2010 yilda «Manchester Yunayted»ni tark etish uchun qattiq harakat qilib ko'rgan edi. O'sha payt jamoaning maqsadlari tanqid ostiga olingan, ustaga-ustak futbolchining Fergyussen bilan munosabati ham yomonlashgandi. Runi atrofida ko'plab top klublar parvona, istagan jamoa uni jon-dili bilan o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin edi. Lekin amalda Runi o'z jamoasiga sodiq qoldi va yana 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. U keyinchalik «qizil iblislar»ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purariga aylangan.
5. Luis Suares
2014 yilda Suarez «Arsenal» bilan shartnoma tuzishga o'ta yaqin keladi. Futbolchi uchun to'pchilar 40,000,001 funt taklif qilgan edi. Hammasi Brenden Rojersni klubni tark etishidan boshlanadi. Uning ortidan Suares ham «Liverpul»dan ketmoqchi ekanini bildiradi. Bu haqda keyinchalik «Arsenal»ning o'sha paytdagi murabbiyi Arsen Venger shunday degandi: «Biz futbolchi bilan kelishib olgan edik. Ammo uning agenti futbolchining jamoasi bilan biz taklif etgan 40 milliondan ham yuqori qiymatlangan shartnomasi borligini bildirdi. Men buni tekshirib ko'rish uchun, atayin 40,000,001 funt taklif qilganman. Bundan aniq bo'ldiki, aytilgan shartnoma amalda mavjud bo'lmagan. Bu juda kulgili tuyuladi, buni bilaman. Lekin «Liverpul» rahbariyati bila turib, ketishni istagan futbolchisini sotishni xohlamagan».
Barchasi yakunlangach, masala oydinlashdi. Mersisaydliklar ko'p o'tmay, o'z futbolchisini ikki barobar katta qiymatga, 75 million funtga «Barselona» klubiga pulladi.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi