"MYu" Ronalduga qancha yillik shartnoma taklif qilmoqchiligi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222

"Manchester Yunayted" "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun rasmiy transfer taklifini tayyorlamoqda.
Tez orada u portugaliyalikning agenti Xorxe Mendeshga yuboriladi, deydi insayder Fabritsio Romano. "MYu" muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda.
36 yoshli futbolchining o'zi agentiga Manchesterga qaytishga tayyorligini aytgan. Endi
mankunianliklar Ronaldu bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.
Avvalroq, "Manchester Siti" Ronaldu transferi bo'yicha muzokaralardan voz kechgani ma'lum bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu 2003 yildan 2009 yilgacha "Yunayted"da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268