Tokio-2020: Suzish. Shohsanamxon Toshpo'latova finalda to'rtinchi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Bundan biroz avval para suzuvchimiz Shohsanamxon Toshpo'latova ayollar o'rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bo'yicha S13 klassida finalda ishtirok etdi.
Toshpo'latova 400 metr masofani 4:36.65 daqiqada bosib o'tdi. Afsuski, bu natija medallar uchun kamlik qildi. Hamyurtimiz 4-o'rinni egalladi.
Ma'lumot uchun, Shohsanamxon Toshpo'latova Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida yana 50 metr erkin, 200 metr kompleks va 100 metr brass usulida suzish bo'yicha bahslarda ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270