"Fulxem" hujumchisi bilan yangi bitim tuzdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Londonning "Fulxem" klubi hujumchisi Aleksandr Mitrovich jamoa bilan yangi besh yillik shartnomaga imzo chekdi. U 2018 yilda 22 million funt evaziga "Nyukasl"dan xarid qilingan edi.
Hujumchining joriy narxi esa 27 million funtni tashkil etadi. Mitrovich yangi bitim imzolagach, shunday deydi:
"Juda ham xursandman. Bu jamoa mening oilam, stadion esa uyimga aylangan. Men bu erdagi hammaga, jamoadoshlarim, rahbariyat va muxlislarga meni qo'llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Haqiqatdan ham baxtiyorman".
26 yoshli hujumchi 2018 yildan beri "Fulxem" tarkibida 135 ta uchrashuvda maydonga tushib, 56 ta gol muallifiga aylangan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203