"Liverpul"ning yangi nishoni ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Brayton" yarim himoyachisi Iv Bissuma "Liverpul"ga o'tishi mumkin, deya
xabar beradi Sky Sports nashri.
Ma'lum bo'lishicha, mersisaydliklar futbolchiga taklif jo'natishgan. Taxmin qilinishicha, "Brayton" klubi talab qilgan summa 45 million evro atrofida bo'ladi.
O'tgan mavsumda Bissuma klubi tarkibida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 25 million evroga baholamoqda. Avvalroq, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" yarim himoyachiga qiziqish bildirgandi.
"Liverpul" Angliya Premer-ligasida 2020/2021 yilgi mavsumda uchinchi o'rinni egalladi. Joriyyilgi mavsum dastlabki ikki turida Yurgen Klopp shogirdlari ikkita g'alabni qo'lga kiritishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199