De Bryuyne Belgiya termasiga chaqirilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabi 26-avgust, payshanba kuni sentyabr oyidagi o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi. Ro'yxatga 31 nafar futbolchi kiritilgan. "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne terma jamoaga chaqirilmagan. Futbolchi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda va hali to'liq tayyor emas.
Ma'lumot uchun, 2022-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Belgiya terma jamoasi Estoniya (2-sentyabr), Chexiya (5-sentyabr) va Belarus (8-sentyabr) bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205