"Bavariya" Ginterni qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Mattias Ginter yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin "Bavariya"ga yo'l olishi mumkin.
Sky Sport Deutschland nashri xabariga ko'ra, Myunxen klubi himoyaning markazida ham, o'ng qanotida ham o'ynay oladigan 27 yoshli futbolchini sotib olish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Agar yaqin kunlarda Ginterning transferi borasida kelishib olishning iloji bo'lmasa, "nemis mashinasi" bir yildan keyin uni tekinga qo'lga kiritishi mumkin.
O'tgan mavsumda futbolchi 46 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, uning bozor qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205