Buum! "Yuventus" Ronaldu o'rniga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 503

Italiyaning "Yuventus" klubi "Sassuolo"ning 21 yoshli hujumchisi Jakomo Raspadoriga ko'z tikmoqda.
"Yuventus" "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin turgan Krishtianu Ronalduning o'rniga munosib o'rinbosar qidirishda davom etmoqda. Endi turinliklar tarkibida juda ko'p o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Transfermarketweb nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" "Sassuolo" hujumchisi va Italiya terma jamoasi futbolchisi Jakomo Raspadori bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqchi.
Hujumkor futbolchini "Ayntraxt" va "Milan" klublarining ham radariga tushgan, biroq turinliklarning iqtidorli futbolchini sotib olish imkoniyati ancha yuqori.
Eslatib o'tamiz, Raspadori A Seriyaning birinchi turda "Verona" darvozasiga bitta gol urishga erishgan.

Bosh sahifaga
203