«Shaharliklar» Braziliyadan o'z futbolchisini chaqirib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

«Manchester Siti» klubi Braziliyaning «Fluminense» jamoasidan sotib olgan Kaykini kuzgacha o'z safida ko'rishni istamoqda. Xabarga ko'ra, har ikki tomon 18 yoshli hujumchi borasida kelishuvga erishganida, u yanvar oyida ko'chishi haqida aytilgan edi.
Ammo ingliz klubi futbolchini hoziroq chaqirib olishni reja qilgan. Braziliyaliklar Kaykidan ichki chempionat va Libertadorlar kubogida foydalanmoqchi edi. «Siti» esa ortiq vaqtni o'tkazishni istamasligini bildirgan.
Yosh futbolchi jamoasi tarkibida 32 ta o'yinda maydonga tushirilgan. Uning hisobida hozirgacha 3 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230