«Manchester Siti» muhim o'yin oldidan jamoa sardorini yo'qotishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

«Manchester Siti» futbolchisi va sardori Kevin De Bryune «Arsenal»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, futbolchi Evropa chempionatidagi to'pig'idan olgan jarohatidan hamon qiynalmoqda.
Belgiyalik jarohati borligiga qaramay, «Tottenxem»ga qarshi ochilish uchrashuvida maydonga tushgan edi. «Norvich»ga qarshi bahsda esa, zahirada qoldirilgan. Yaqindagina Belgiya termasi ustozi Roberto Martinez 30 yoshli futbolchining sog'lig'i yomonligi tufayli sentyabr oyidagi yig'inlarga chaqirmasligini aytdi.
Bundan anglashiladiki, De Bryune «Arsenal»ga qarshi o'ynamaydi. Uning kamida sentyabrgacha safdan chiqqanligi taxmin qilingan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238