"Real" himoyachisiga ikkita klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Real" himoyachisi Alvaro Odriosola yangi mavsumni boshqa jamoada boshlashga yaqin turibdi.
Sky Sport Italia nashri xabariga ko'ra, "Fiorentina" va "Tottenxem"
"qaymoqranglilar"ning ispaniyalik himoyachisi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Binafsharanglilar" "Marsel"ga ketgan Pol Lirolaning o'rniga yangi himoyachi qidirmoqda va "shporlar" esa Serj Orega o'rinbosar topmoqchi.
Qayd etilishicha, Alvaroning kelajagi yaqin kunlarda hal bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Odriosola La ligada 13 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232