Desham Olive Jiru haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham nega Olive Jiruni tarkibga jalb qilmaganiga izoh berdi. Mutaxassis sentyabr oyidagi JCh saralashi uchun 23 kishidan iborat tarkibni shakllantirgan va unga Jiru kiritilmagan.
U shunday deydi: «Bu futbol nuqtayi nazaridan qabul qilingan qaror. Bizda juda kuchli asosiy tarkib uchun kurashuvchi 23 ta futbolchi mavjud. Bu mening tanlovim, ammo Olive o'z o'yinlarini yaxshilay borsa, u qaytishi mumkin».
Jiru yozgi transferlar oynasida erkin agent sifatida «Milan» safiga borib qo'shilgan edi. Frantsiya terma jamoasi guruh bahslarida «Bosniya va Gertsogavina», «Ukraina» hamda «Finlandiya»ga qarshi o'yinlar o'tkazishadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231