Tokio-2020. Dzyudo. Quronboev yaponiyalik sportchini engib, yarim finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Tokioda bo'lib o'tayotgan Paralimpiadada para dzyudochilar bugundan bahslarni boshlashdi. Bugun erkaklar 60 va 66 kg. vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishmoqda.
66 kg. vazndagi dzyudochimiz Uchqun Quronboev dastlabki bosqichdan ozod etilgandi. U chorak finalda yaponiyalik Yujiro Setoga qarshi tatamiga chiqib, 55 soniya ichida 2ta "vazari" bahosini ishladi va g'alaba qozondi.
Vatandoshimiz yarim finalda ukrainalik David Xoravaga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227