Tokio-2020. Uzunlikka sakrash. Mirzayorova kumush medalini qo'lga kiritdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Tokioda bo'lib o'tayotgan Paralimpiadaning navbatdagi kuni O'zbekiston delegatsiyasi uchun medal bilan boshlandi. Engil atletikaning uzunlikka sakrash yo'nalishida T11 klassda Asila Mirzayorova kumush medalni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz dastlabki 3ta urinishdan so'ng 4,89 m. masofa bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Final urinishlarida esa Asila o'z natijasini biroz yaxshiladi — 4,91 m.
Ushbu yo'nalishda ikki karra jahon chempioni, Rio-2016 paralimpiadasi g'olibi, jahon rekordchisi — braziliyalik Silvaniya Kosta de Oliveyra 5,00 metr masofa bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Bronza medali esa ukrainalik Yuliya Pavlenkoga nasib etdi — 4,86.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227