«Latsio» Bundesliga klubi xavbekiga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
Rimning «Latsio» klubi «Ayntraxt» xavbeki Filipp Kostichni sotib olishni jiddiy maqsad qilmoqda.
Tomonlar hozirda faol muzokaralar olib bormoqda, - deydi insayder Nikolo Skira o'z tvitter sahifasida.
Nemis klubi 28 yoshli serbni sotishdan 20 million evro olishni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, rimliklar avval futbolchini ijaraga oladi, keyin esa uni shu narxga sotib olishi mumkin.
Kostich allaqachon Rimga ko'chib o'tishga rozi bo'lgan. U «burgutlar» bilan shartnoma tuzgan.
Avvalroq Filippga «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!