Hamidjon Aktamov: "Uchta markaziy himoyachilarimizning yo'qligi pand berdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
Superliganing 16-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin yaxshi o'tdi. "So'g'diyona"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olganimizda ikkinchi bo'limda yanada boshqacha futbol ko'rardik. Ikki jamoa ham oxirigacha harakat qildi. Uchta markaziy himoyachilarimizning yo'qligi pand berdi. Yaxshi o'ynab yutqazdik", — dedi Hamidjon Aktamov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!