Ferdinand: «Uning tajribasi jamoaga kerak va etishmayotgan narsa»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
«MYu» bilan APLni 6 marta yutgan Rio Ferdinand klub futbolchisi Xuan Mata haqida gapirdi. U FIVE kanaliga shunday deydi:
«Mataga o'yin berilishi kerak deb o'ylayman. U asosiy tarkib futbolchisi. U o'tgan mavsumda atigi 18 ta bahsda maydonga tushirildi, xolos. Bu esa kam. U avvalgidek emas, ancha yoshi o'tgan. Lekin Xuandan jamoani boshlovchi kuch, maydondagi murabbiy sifatida foydalanilsa, katta foydasi tegadi. Uning tajribasi jamoa futbolchilariga eng kerak narsa. Ba'zi futbolchilar jamoaga o'z ta'sirini tezda o'tkaza olishadi. Mata mana shunday futbolchilar sirasiga kiradi».
Eslatib o'tamiz, «qizil iblislar» uchinchi turni «Vulverxempton»ga qarshi safardda o'tkazadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!