"Inter" yaqin vaqt ichida yangi transferni e'lon qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110
"Inter" yaqin vaqtlar ichida "Latsio"ning argentinalik hujumchisi Xoakin Korreaning transferini e'lon qilishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, "Inter" futbolchini 30 million evro to'lash majburiyati bilan bir yilga ijaraga oladi. Bundan tashqari, bu miqdor bonuslar hisobiga bir necha millionga ko'payishi mumkin. Biroq, argentinalikka hali ham "Everton" da'vogarlik qilmoqda.
27 yoshli Korrea o'tgan mavsum "Latsio" tarkibida 38 o'yinda maydonga tushib, 11 gol va 6 golli uzatma muallifi bo'lgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!