Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida delegatsiyamiz dastlabki medalni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Bugun start olgan Paralimpiya o'yinlarining dastlabki kunida terma jamoamiz vakili Islom Aslanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Erkaklar o'rtasida 100 metrga batterflyay usulida (S13 klass) suzish bahsida 2 nafar vakilimiz final dasturida qatnashdi. Uchinchi yo'lakda harakat qilgan yurtdoshimiz Islom Aslanov 57.12 soniya natija qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo'ldi. Ushbu dasturda qatnashgan Muzaffar Tursunxo'jaev esa 57.44 soniya bilan beshinchi pog'onani band etdi. Xuddi shu yo'nalishda ayollar toifasida ishtirok etgan Shohsanamxon Toshpo'latova esa to'rtinchi natijani ko'rsatdi.
Manba: olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178