Keyn "Vulverxemton"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn joriy mavsumda birinchi marta futbolchilar ro'yxatiga kiritildi. Forvard mashg'ulotlarga boshqalarga qaraganda kechroq qo'shildi va londonliklarning dastlabki uchrashuvlarini o'tkazib yubordi.
Ammo, yakshanba kuni, ingliz futbolchisi Premer-liganing yangi mavsumida birinchi marta "shporlar" libosida maydonga tushishi mumkin bo'ladi. Bu ma'lumotni The Sun mahalliy nashri tarqatdi va futbolchi "Vulverxempton"ga qarshi o'yinni zaxirada boshlashini qo'shimcha qildi.
Oldinroq, futbolchi Konferentsiyalar ligasidagi "Pasush"ga qarshi o'yin uchun dastlabki ro'yxatga kiritilgan edi, lekin u jamoadoshlari bilan birga Portugaliyaga uchmagan.
Eslatib o'tamiz, Keyn "Tottenxem" rahbariyatidan uni "Manchester Siti"ga qo'yib yuborishni talab qilmoqda.