"Bavariya" "Tottenxem" futbolchisiga taklif jo'natdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushgan.
Sky Sport nashri xabariga ko'ra, Germaniya chempioni "shporlar" bilan muzokaralarga kirishgan va ularga foydali taklif bilan chiqqan. Myunxenliklar Korentin Tolissoni Ndombelega almashtirishga va qo'shimcha 20 million evro to'lashga tayyor. Ingliz klubi egalari bu taklifdan norozi bo'lishdi va Germaniya klubi taklifini rad etishgan.
Ndombele London jamoasini tark etishga qaror qildi, chunki bu jamoa bosh murabbiyi Nunu Espiritu Santuning rejalariga kiritilmagan. Portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida Tangi tarkibdagi o'rnini yo'qotdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!