Pyanichga A Seriyadan da'vogar topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
«Fiorentina» «Barselona» yarimhimoyachisi Miralem Pyanichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya OAV xabar bermoqda.
«Binafshalar» Pyanichni ijaraga olish niyatidalar, lekin ular uning maoshini to'liq to'lashga tayyor emaslar.
Shartnomaga ko'ra, Pyanich bir mavsum uchun 8 million evro oladi. «Fiorentina» «Barselona»ga uning maoshini 50-50 ga bo'lib to'lashni taklif qilgan.
E'tiborlisi, bosniyalik futbolchi «Barselona» murabbiylar shtabining rejalariga kiritilmagan. Klub transfer bozori yopilishidan oldin bosniyalik yarimhimoyachidan qutulmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!