«Milan» Vlashich borasida bir qarorga kelolmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
«Milan» yarimhimoyachi Nikola Vlashichning transferi borasida hali ham TsSKA bilan murosaga kela olgani yo'q.
Bu haqda jurnalist Daniele Longo xabar berdi.
TsSKA bu borada o'z pozitsiyasini o'zgartirmaydi. «Armiyachilar» rahbarlari Vlashichni 10 million evroga ijaraga berishga tayyor, shuningdek, shartnomada 20 million evaziga sotib olish huquqi ham mavjud. Biroq «Milan» shartnomaning bu shartlaridan mamnun emas.
Rossiya Premer-ligasi yangi mavsum startida Vlashich uchta o'yinda maydonga tushdi. Xorvatiyalik legioner bu orada bitta samarali pasni o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!