Rasman! "Milan" Florentsi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
Rimning "Roma" klubi himoyachisi Alessandro Florentsi faoliyatini endi "Milan"da davom ettiradi.
"Rossonerilar" 30 yoshli o'yinchini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi.
Oldinroq xabar berilganidek, Alessandroning ijarasi uchun milanliklar 1 million evro to'lashadi va uni 4,5 mln evroga sotib olishlari mumkin bo'ladi.
Italiyalik o'tgan mavsumni PSJda ijara asosida o'tkazdi, ungacha esa bir yil "Valensiya"da to'p tepgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!